UzChess AI Hackaton
Shaxmat va AI kuchini birlashtiramiz!
UzChess AI Hackathon’da o‘z g‘oyangizni haqiqatga aylantiring — 500 000dan ortiq foydalanuvchilarga ega mobil ilovaga AI yechimlaringizni integratsiya qiling.
O‘yin tahlili, taktik tavsiyalar, shaxsiy mashg‘ulotlar, anti-cheat, ovozli yordamchi va tasavvuringizdagi istalgan yechimlar — barchasi sizning qo‘lingizda.
G‘oliblarni katta pul mukofotlari va real integratsiya kutmoqda!
Sovrinlar bilan tanishing.
AI muhandis/dasturchi bo'lsangiz imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
1-o‘rin : 30 000 000 So‘m.
2-o‘rin : 20 000 000 So‘m
3-o‘rin : 10 000 000 So‘m.
Bilishingiz shart.
Bu muhim : Sizning yechimingiz amaldagi ilovaga integratsiya qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib baholanadi. Har qanday nazariy va ishlamaydigan yechimlar qabul qilinmaydi.
  • Muddat
    2025-yil 10-Sentabrgacha.
  • Qabul qilinmaydi!
    Har qanday internetdan ko'chirilgan tayyor yoki AI yordamida yaratilgan muallifligi sizga tegishli bo‘lmagan yechimlar.
  • Talablar
    To'liq yechim kodi.
    Demo video.
    Integratsiya uchun moslangan yechim.
  • Baholash tartibi
    10-Sentabrdan so‘ng *10 kun ichida ekspertlar tomonidan yechimning ilovani rivojlantirishi va foydalanuvchilarga mosligi, tushunarli va foydali bo‘lishi, integratsiya soddaligi kabi kriteriyalarga e'tibor beriladi.
UzChess ilovasi texnik ma'lumotlari.
Tanishib chiqish juda muhim.
  • Dasturiy ta'minot tili
    Typescript, Javascript, NestJs , Flutter
  • Ma'lumotlar bazasi
    Mongodb, Redis,
  • Texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashi
    • REST API, WebSocket, JWT (JSON Web Token), OAuth 2.0,irebase Cloud Messaging (FCM)
    To‘lov tizimlari (Click, Payme, Stripe), Email/SMS xabarnomalar
  • Qo‘shimcha ma'lumotlar.
    • Real-time o‘yinlar
    • Darslar va kurslar bo‘limi
    • Puzzles (shaxmat masalalari)
    • Reyting va leaderboard
    • O‘yinlarni qayta ko‘rish (game replay)
    • Statistik hisobotlar
    • Xavfsizlik: Rate limit, IP bloklash, HTTPS, ma'lumotlarni shifrlash
    • Platformalar: Web, Android, iOS
Yechimlarni baholovchi hay'at a'zolari.
Loyihaning IT va loyiha rivoji uchun ma'sullari sizning yechimlarningizni baholashadi.Ular bilan tanishing.
  • Ziyomuhammad Usmonov
    Global Move IT kompaniyasi CMO
    Dasturlovchi muhandis, iOS Dasturchi, IT mahsulot bo'yicha ekspert.
  • Ulug'bek Ismatov
    UzChess Loyihasi rahbari
    Media va IT sohasidagi loyihalar bo'yicha ekspert.
  • Nuriddin Iminohunov
    Global Move IT kompaniyasi Asoschisi va bosh direktori
    Raqamli yechimlar bo'yicha ekspert


UzChess AI yechimlar sahifasi.
2025 (c)